Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramos: "4 ta afsona, 24 ta sovrin"

Ramos: "4 ta afsona, 24 ta sovrin"

Baho:
+ | -

"Real"ning sobiq sardori Serxio Ramos ijtimoiy tarmoqlarga jamoaning to‘rt nafar futbolchisi - Dani Karvaxal, Nacho, Luka Modrich va Toni Kroosning suratini joylashtirdi. Ularning har biri "Los-Blankos" bilan 6 martadan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

"4 ta afsona, 24 ta sovrin. Tabriklayman!" - deb post qoldirdi Ramos o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Serxio Ramos o‘n olti mavsumdan so‘ng 2021 yilning yozida "Real"ni tark etdi. Hozirda 38 yoshli Ramos "Sevilya" sharafini himoya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shanba oqshomida Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 21:05, 02.06.2024.
O'qildi: 3072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик