Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bellingemning ukasiga APLda talab katta

Bellingemning ukasiga APLda talab katta

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning ukasi Job Bellingem tez orada faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Job hozirda «Sanderlend» futbolchisi hisoblanadi.

18 yoshli Job Bellingem o‘tgan chempionatda 7 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Jurnalist Ed Aaronsning xabariga ko‘ra, yosh yarim himoyachiga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaning xabar berishicha, transfer 25 million yevro atrofida amalga oshirilishi mumkin.

Avvalroq Jobning transferiga Londonning boshqa bir klubi «Kristal Pelas» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 15:15, 03.06.2024.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик