Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Real" Xoselu borasida yakuniy qarorga keldi

"Real" Xoselu borasida yakuniy qarorga keldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi o‘tgan mavsumda "Espanyol"dan ijara olingan hujumchi Xoselu bo‘yicha rejalari haqida qaror qabul qildi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, rahbariyat ispaniyalik futbolchini bir yarim million yevroga doimiy ravishda sotib olishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xoselu "Real Madrid"ning La Liga va Chempionlar Ligasidagi g‘alabasida muhim rol o‘ynadi. 34 yoshli forvard chempionatda 10 ta gol urdi, Chempionlar ligasida esa yarim finalda "Bavariya"ga qarshi o‘yinda eng muhim dubl qayd etib, "Real"ga final yo‘llanmasini taqdim etdi. Xoselu dastlab "Santyago Bernabeu"da qolishni xohlagan, ammo klub uni saqlab qolish maqsadga muvofiqligiga shubha qilgan. Gap shundaki, yozda jamoaga Kilian Mbappe va Endrik ham kelib qo‘shiladi.

Kiritildi: 15:40, 03.06.2024.
O'qildi: 6778 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик