Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Keyn xalqaro gollar bo‘yicha Ronaldo va Ibrahimovichdan o‘zib ketdi

Keyn xalqaro gollar bo‘yicha Ronaldo va Ibrahimovichdan o‘zib ketdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safidagi navbatdagi golini nishonladi. 30 yoshli futbolchi bugun Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvining 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 89-daqiqada yakuniy golni urdi – 3:0.

Jurnalist Uill Jans ta’kidlaganidek, Keyn terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha ikkita ajoyib sobiq hujumchi Ronaldo va Zlatan Ibrahimovichdan o‘zib ketdi.

Ular Braziliya va Shvesiya terma jamoalari uchun 62 ta gol urgan bo‘lsa, ingliz futbolchisida endi 63 ta gol bor. Angliya terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 7 iyun kuni Islandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 07:08, 04.06.2024.
O'qildi: 963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик