Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

«Siti»da yangi megatalant – «Kapitan Amerika»!

«Siti»da yangi megatalant – «Kapitan Amerika»!

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» 4 yildan keyin asosiy tarkibda maydonga tushish huquqiga ega bo‘ladigan amerikalik o‘smir uchun 1 mln. dollar sarfladi.

Ha, Kavan Sallivanni tom ma’noda oldindan «bron» qilishga to‘g‘ri keldi: 14 yoshli bolakay «Filadelfiya Yunion»da manfaatli kontraktga ega, «Real»ning nishonida, professional darajadagi samarali uzatmalar muallifi.

De Bryuyne va nemislar bilan bog‘langan. Kim o‘zi u?

Sallivan - hujum chizig‘ida muayyan pozisiyaga ega bo‘lmagan chapaqay futbolchi. Hozircha u «Yunion» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, bo‘y (160 sm.) borasida maqtana olmaydi. Lekin uzatmalari, to‘p nazorati va eng asosiysi, maydonni his etishi a’lo darajada. Ana shu xislatlari evaziga u professional saviyada yorqin debyutini nishonladi: raqibining xatosidan unumli foydalanib, olis masofada turgan jamoadoshini samarali uzatma bilan ta’minladi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Kavan yakkakurashlarda ham dadil harakat qiladi, assistlarining aksariyatini to‘pni raqibidan tortib olish evaziga amalga oshiradi.

«Filadelfiya Yunion» klubining bosh murabbiyi Jim Kyortinning mulohazalari quyidagicha: «Hozircha uni tanimaydigan muxlislarga shuni aytmoqchiman: Sallivan shu qadar iqtidorliki, tez orada ko‘p narsalarga erishib, dunyoni zabt etadi».

2022 yilda «shaharliklar»ning bo‘lajak a’zosi Dortmundning «Borussiya»si tarkibida Kevin De Bryuyne turnirida ishtirok etib, Germaniyada qolishga juda yaqin turgandi. Biroq AQSHdagi qulay sharoit oxir,oqibat ustun kelgandi. «Arilar»dan tashqari, «Real», «PSJ» va «Bavariya» ham Sallivanga qiziqish bildirishdi. «Burgutlar» bilan hamkorlik yosh iqtidorning butun hayotiga cho‘zilishi mumkin - Kavanning onasi Xayke nemislar avlodiga mansub. Agar Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi a’zoligidan voz kechmaganida, u 16 yoshdayoq «shaharliklar» tizimiga o‘tishi mumkin bo‘lardi. Endi uning balog‘at yoshiga to‘lishini kutishga to‘g‘ri keladi.

Kelajakda Sallivan Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyatini tanlashi ham mumkin. AQSH futboli tarixida katta qiyinchiliklar bilan tarbiyalangan mahalliy futbolchi sportdagi fuqaroligini o‘zgartirgan holatlar ham yo‘q emas. Masalan, Juzeppe Rossi. O‘z vaqtida «MYU» va «Vilyarreal»­da to‘p surgan hujumchi AQSHda tug‘ilib, ul­g‘aygan. Lekin xalqaro turnirlardagi ishtirokini Italiyaning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarida o‘tkazgan. Sallivan borasida esa xavotirga o‘rin yo‘q: «Adidas»ning eng navqiron mijozi AQSHning U-15 terma jamoasiga 9ta o‘yinda 5ta gol hadya etdi, Pensilvaniyada baxtiyor hayot kechirmoqda. Avgust oyida u KONKAKAF chempionatida g‘olib bo‘ldi va «Oltin to‘p» sohibiga aylandi.

Olg‘a siljishiga oila yordam beradi, mutasaddilar hayratda

Sallivanlar - shunchaki ikki millat qorishmasi emas, ajoyib futbolchilar oilasi. Kavanning otasi Brendan Avstraliya chempionatida ishlagan, onasi mahalliy universitet jamoasida sardor sifatida to‘p surgan. Bobosi Larri 16 yillik umrini murabbiylikka bag‘ishlagan va eng qizig‘i, «Filadelfiya»ning amaldagi bosh murabbiyi Kyortinni tarbiyalagan.

Kavanning akalari ham futbolchilar. To‘ng‘ich akasi - Kuinn Sallivan hozir MLSda jonajon klubi sharafini himoya qilmoqda, 20 yoshli xavbek joriy mavsumdagi 11ta uchrashuvda 5ta samarali uzatmani rasmiylashtirdi, AQSH yoshlar terma jamoasida 7ta gol urdi. Kuinn Kavanni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni xush ko‘radi.

16 yoshli egizaklar - Ronan va Deklan esa ukalari kabi futbol sirlarini o‘rganishmoqda. Hatto bir paytlar «Los-Anjeles Gelaksi»da to‘p surgan Kris Olbrayt (qahramonimizning tog‘asi) ham oilaviy sulolaga qaytgan, hozirda «Sinsinnati»ning bosh direktori lavozimida ishlamoqda. Marlon Leblan, «Filadelfiya Yunion» o‘rinbosarlar jamoasining murabbiyi: «Kavan o‘ta noyob iqtidor sohibi. Shu paytgacha birorta futbolchining u kabi tez rivojlanganini ko‘rmaganman, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Atrofidagi maqtovlaru shov,shuvlar unga zarracha ta’sir ko‘rsata olmaydi - shunday sharoitda aqldan ozib qolmaganiga hayron qolaman».

Oldindan shartnoma imzolash - norma. Ayniqsa, Sallivanning Yevropaga barvaqtroq kelishini inobatga olganda

Transferni rasmiylashtirish jarayonida «Siti» «Fila» bilan bir qator jihatlarga oydinlik kiritib oldi. Jonatan Tannenvaldning xabariga ko‘ra, amerikalik hujumchi 18ga chiqqunga qadar MLSdagi ishonchni oqlashi mumkin. U hatto mahalliy o‘yinchi uchun rekord maqomidagi 200000 dollarlik kontraktga imzo chekkan. Lekin ikkinchi tomondan, Kavan o‘z majburiyatini to‘la ado etmasligi ham mumkin.

Agar megaiqtidor Amerika ligasi saviyasidan o‘zib ketsa, «Siti» uni City Football Group klublaridan biriga o‘tkazishi mumkin. Britaniya matbuotining xabarlariga ko‘ra, yosh iqtidor muvaffaqiyatli faoliyatini davom ettirsa, Belgiyaning «Lommel» klubiga yo‘l oladi. Hozircha, u AQSHda. Buning o‘ziga yarasha ijobiy jihatlari bor: «Kapitan Amerika» unvonida to‘p surayotgan Sallivan belgilangan muddatdan 1,5 yil avvalroq maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi, yosh bo‘lishiga qaramasdan, mus­taqil ravishda yangi muhitga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. «Fila» esa yanada yuksakroq nufuzga erishadi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 05:02, 05.06.2024.
O'qildi: 6079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик