Chorshanba kuni "Lill" Paulo Fonsekaning murabbiylik lavozimini tark etganini e’lon qildi - portugaliyalik mutaxassis "Milan"ni boshqarishi kutilmoqda.
Fonseka bilan xayrlashganidan so‘ng, klub yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. U 57 yoshli mutaxassis Bruno Jenezio bo‘ldi.
Murabbiy ikki mavsumga - 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. Bruno Jenezio o‘tgan yilning noyabr oyidan beri "Renn"dan ketganidan keyin ishsiz edi.