Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning narxi 1 million yevroga qimmatladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra futbolchi hozirda 6 mln yevroga baholanmoqda. Uning avvalgi qiymati 5 mln yevro sifatida qayd etilgan edi.



Ushbu natija bilan futbolchi O‘zbekistonning eng qimmat futbolchi sifatida qayd etildi. Transfer huquqi “Roma”ga tegishli bo‘lgan Eldor Shomurodovning narxi 5 million yevroga baholangan va u hozirda o‘zbek futbolchilari ichida ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ham ko‘tarildi. Futbolchining narxi 2,5 million yevroga yetgan. Bu uning avvalgi narxidan 500 mingga qimmatroq.

Husanov hozirda O‘zbekiston futbolchilari o‘rtasida eng qimmat to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Turkiya klubida o‘ynayotgan Otabek Shukurovning narxi 2,5 million yevrodan 2,2 million yevroga kamaygan. Futbolchi qiymati bo‘yicha beshinchi o‘rinda bormoqda. “Shabob al-Ahli” futbolchisi Aziz G‘aniyev ham 500 ming yevroga arzonlagan. Portal futbolchini 3 million yevroga baholagan.

Jaloliddin Masharipovning qiymati 1,5 million yevroga baholangan bo‘lsa, Igor Sergeev, Odiljon Hamrobekov va Husniddin Aliqulovlar 1,2 mln yevro sifatida qayd etilgan. O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilar 10 ligini Oston O‘runov 1 mln yevrolik narx bilan yakunlab bergan. 



Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzulayev 2023 yil SSKA safiga 500 ming yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Abbosbek joriy mavsum SSKA tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchi Rossiya Premyer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:58, 05.06.2024.
O'qildi: 5849 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.