Rivaldoning fikricha, Vinisius Junior “Oltin to‘p”ga loyiq.
“Vinisius juda sodiq yigit. U "Real Madrid"ga kelgach, gol urishni o‘rganish uchun oz vaqt kerakligini ko‘rdik. Va u o‘rgandi!
U qattiq mashq qildi. Endi ko‘ryapmizki, unga gol urish ancha oson. Vinisius "Oltin to‘p"ga loyiq.
U allaqachon bu sovringa loyiq, ammo Amerika Kubogida g‘olib chiqsa, bundan ham yaxshiroq bo‘ladi", - deydi Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo.
Vinisius Junior o‘tgan mavsumda La Liganing 26 ta o‘yinida maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.