Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

Lemann Artetaga ishonmaydi

Lemann Artetaga ishonmaydi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning sobiq darvozaboni Yens Lemann jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida gapirdi.

"Arteta yaxshi ishlab, "Arsenal"ni yangi darajaga olib chiqdi. Ammo u hozir jamoaga mosmi? Bunga ishonchim komil emas. Isbotlash kerak. Biz ikki marta APLni yutishimiz mumkin edi. O‘tgan yili "Arsenal" yetakchilik qilib, bir oy ichida sovrinni qo‘ldan boy berdi. Kulminasion vaziyat Saka "Vest Xem"ga qarshi hisob 2:0 paytida penaltidan gol ura olmaganda bo‘lgan, bahs durang bilan tugagan. Minus ikki ochko. Murabbiylarni yollaydigan odamlar ularning shaxsiyati ham muhim ekanligini tushunishmaydi. Mutaxassisning shaxsiyatiga e’tibor bering. U g‘olibmi yoki bizni yangi darajaga olib chiqib, shu bilan to‘xtaydigan shunchaki yaxshi yigitmi?" - deya Lemanning so‘zlarini keltirgan The Telegraph.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” so‘nggi Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagandi. Mikel Arteta jamoasi ketma-ket to‘rtinchi yil chempion bo‘lgan "Manchester Siti"dan ikki ochko ortda qoldi (89 va 91).

Kiritildi: 17:47, 08.06.2024.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.