Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Parij-2024: O‘zbekiston – Misr o‘yinini qabul qiladigan «Stade de la Beaujoire» haqida

Parij-2024: O‘zbekiston – Misr o‘yinini qabul qiladigan «Stade de la Beaujoire» haqida

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirokidagi bahslarga mezbonlik qiladigan majmualarga ham yetib keldik. «S» guruhidan o‘rin olgan Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichidagi uchrashuvlardan birini «Stade de la Beaujoire» o‘yingohida o‘tkazadi.

Arena «Nant» klubining uy maydoni hisoblanadi. 1984 yil foydalanishga topshirilgan stadion dastlab 30 000 muxlisga mo‘ljallangan. 1998 yil Fransiyada o‘tgan Jahon chempionati uchun rekonstruksiya qilinib, sig‘imi 35 322 taga yetkazilgan. Mundial davomida 6 ta uchrashuvga mezbonlik qilgan. Shuningdek, bu stadionda 2023 yil Fransiyada tashkil etilgan regbi bo‘yicha dunyo birinchiligining 4 ta uchrashuvi o‘tkazilgan.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida guruh bosqichidagi 6 ta, shuningdek, erkaklar o‘rtasida bronza medali uchun kechadigan o‘yin ushbu stadionga belgilangan. Shu jumladan, 2-tur doirasidagi O‘zbekiston – Misr o‘yini ham. Nant mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, Parij shahridan tezyurar poyezd orqali 2 soatda yetib olish mumkin.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:14, 08.06.2024.
O'qildi: 1816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик