"Bayer" sport direktori Saymon Rolfes "Renn" klubi markaziy himoyachisi Genuel Belosyan bilan shartnoma imzolashi haqida gapirdi.
Oldinroq “Bayer” matbuot xizmati 19 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2029-yilgacha shartnoma imzolangani haqida xabar bergan edi.
"Genuel Belosyan - ulkan iste’dod egasi, u Liga 1da yuqori saviyada o‘ynash tajribasiga ega. U yaxshi pas va ajoyib fizik xususiyatlarga ega", - deya funksionerdan iqtibos keltiradi Leverkuzen rasmiy sayti.