Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Yevro-2024 musobaqasida jamoalar qancha ishlab topishi mumkin?

Yevro-2024 musobaqasida jamoalar qancha ishlab topishi mumkin?

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati 14 iyun sanasidan boshlanadi. Musobaqada terma jamoalar qancha miqdorda pul mukofotini qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi.

UYEFA Ijroiya qo‘mitasining tasdiqlangan ma’lumotlariga ko‘ra, federasiyalarni rag‘batlantirish uchun to‘lovlar miqdori 24 ta jamoa uchun 331 million yevroni tashkil qiladi.

Bu miqdor quyidagicha taqsimlanadi:

Har bir jamoaning ishtiroki uchun bonus: 9,25 million yevro;

Guruh bosqichidagi g‘alaba uchun — 1 million yevro, durang uchun — 500 ming;

1/8 final — 16 ta jamoaning har biri uchun 1,5 million yevro;

1/4 final — 8 ta jamoa uchun 2,5 mln yevro;

Yarim final — 4 million: ushbu bosqichga yetib kelgan har bir ishtirokchi uchun bir milliondan;

Yevro — 2024 chempioni uchun 8 million yevro, finalda yutqazgan jamoa uchun 5 million yevro miqdorida mukofot pullarini qo‘lga kiritadi.

Shunday qilib, Yevro—2024 musobaqasining eng yaxshi jamoasi 23 million yevro daromad olishi mumkin. Albatta, buning uchun jamoa guruh bosqichidagi barcha uchrashuvda g‘alaba qozonishi talab etiladi. Guruh bosqichida birorta g‘alabaga erishmagan jamoa uyiga sal kam 10 million yevro bilan qaytadi.

Ma’lumot uchun Yevro—2024 turniri 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:53, 10.06.2024.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.