"Vest Xem" markaziy himoyachisi Kurt Zuma faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 29 yoshli fransiyalik markaziy himoyachining xizmatlariga Saudiya Arabistoni va A Seriyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Zumaning "bolg‘achilar" bilan shartnomasi yakunlanishiga hali 1 yil bor. Transfermarkt uni 25 millionga baholamoqda.