Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano: Dzanyologa "Atalanta" jiddiy qiziqish bildirmoqda

Romano: Dzanyologa "Atalanta" jiddiy qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Aston Villa"da ijara asosida o‘ynayotgan "Galatasaroy" hujumchisi Nikolo Dzanyolo "Atalanta"ga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi taniqli jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli italiyalik futbolchi bergamoliklarning qisqa ro‘yxatidan joy olgan. Qayd etilishicha, “Vilyarreal” futbolchi bilan bog‘langan, biroq “Atalanta” futbolchini sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda qatnashib, uchta gol urgan. Futbolchining turk klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 04:57, 13.06.2024.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик