"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Aleksandr Pavlovich bo‘lajak Yevropa chempionati-2024'ni o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi. Futbolchi infeksiya tufayli terma jamoa safini tark etdi. Uning o‘rniga Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Emre Jan chaqirildi.
"Ayni damda men Yevro-2024 o‘yinini o‘tkazish orzusi puchga chiqqanidan juda xafaman. Yigitlarga katta muvaffaqiyatlar tilayman. Men esa kuchliroq bo‘lib qaytaman”, — deb yozdi Pavlovich ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavlovich infeksiyani yuqtirib olgani va shu sababli Germaniya terma jamoasining Gerzogenaurax shahridagi bazasini tark etgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.