«Aston Villa» Metti Kesh uchun «Milan»dan 35,6 million yevro talab qilmoqda.
"Rossonerilar" bunday summani to‘lamoqchi emas, shuning uchun 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisining "San-Siro"ga o‘tishi dargumon.
Birmingem klubi Kesh bilan xayrlashishni istamayapti, lekin Moliyaviy Feyr pleyga rioya qilish uchun uni sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
"Villa" boshqa futbolchilaridan ham qutulishi mumkin - Jon Duran, Duglas Luis va Diyego Karlos.
Kesh jarohati sabab Polsha terma jamoasining Yevro-2024 uchun qaydnomasiga kiritilmagan.