"Atletik" vingeri Niko Uilyams kelajagi haqida fikr bildirdi. Yaqinda mish-mishlar 21 yoshli futbolchini "Barselona" bilan bog‘lagandi.
“Bilbaoda juda baxtiyorman – bu menga hamma narsani bergan klub. Mavsum oldidan qayerda o‘ynashim haqida aniq tasavvurga egaman.
Men agentimga Yevropa chempionati tugaguniga qadar hech narsani ma’lum qilishni istamasligimni aytdim”, — dedi Uilyams.