Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Albaniyada Yevro-2024 sabab parlament yig‘ilishi bekor qilindi

Albaniyada Yevro-2024 sabab parlament yig‘ilishi bekor qilindi

Baho:
+ | -

Albaniyada kelasi hafta parlament yig‘ilishi Yevro—2024 sababli bekor qilindi.

AS xabariga ko‘ra, Albaniya parlamentining 140 nafar deputatining aksariyati jamoaning Yevro—2024 guruh bosqichidagi o‘yinlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan, ularning ko‘pchiligi esa Germaniyaga avtomobilda borishni va bir kundan ko‘proq vaqtni yo‘lda o‘tkazishni rejalashtirishgan. Shu sababdan payshanba kuniga belgilangan haftaning yalpi majlisi chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi va keyingi haftadagi yig‘ilish bekor qilindi.

Qayd etilishicha, muxolifatning ayrim vakillari parlament harakatlariga salbiy munosabatda bo‘lib, majlisning bekor qilinishini reglamentning buzilishi deb hisoblagan. Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Albaniya Demokratik partiyasi rahbari Gazment Bardi Albaniya bosh vaziri Edi Ramaga norozilik bildirdi.

“Siz parlamentga shaxsiy do‘koningizdek munosabatda bo‘ldingiz. Rahbar sifatida siz fuqarolarga sessiya nima uchun payshanbadan chorshanbaga ko‘chirilganini tushuntirishingiz kerak bo‘ladi. Siz buni bajarishga majbursiz, chunki siz muxolifat bilan maslahatlashmasdan bir tomonlama qaror qabul qilgansiz. Agar bunga Yevropa chempionatiga borish sabab bo‘lsa, bu — sharmandali ish ”, — dedi Bardi.

Albaniya terma jamoasi Yevro—2024 dagi yurishini shanba kuni Italiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Albanlar guruh bosqichida Xorvatiya va Ispaniya bilan ham to‘qnash keladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:28, 13.06.2024.
O'qildi: 507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.