"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Mark Kosiske nemis murabbiyi "Red Bull" tizimidagi klublardan birini boshqarishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
"Bu mutlaqo bema’nilik", - deb xabar beradi insayder Florian Plettenberg agentning so‘zlarini.
Klopp o‘tgan mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etgandi. Uning qo‘l ostida mersisaydliklar Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi.