Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

“Uzchess Cup”. Chempionlikni qo‘lga kiritgan o‘zbek shaxmatchilari qancha pul ishlab topdi?

“Uzchess Cup”. Chempionlikni qo‘lga kiritgan o‘zbek shaxmatchilari qancha pul ishlab topdi?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda ilk bor mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSH dollari bo‘lgan “Uzchess Cup” turniri o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqa o‘zbek shaxmatchilari uchun omadli bo‘ldi. “Masters” guruhida qatnashgan Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yoqubboyev so‘nggi turgacha peshqadamlikni saqlab turdi. So‘nggi turda Nodirbeklarning ikkisi ham raqiblari bilan murosa yo‘lini tanladi. Shunday qilib, qo‘shimcha koeffisiyentlar evaziga Yoqubboyev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chempionlik bilan birga shaxmatchi 25 ming AQSH dollarini ham qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi 20 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Musobaqani 3-o‘rinda yakunlagan Yu Yangyi 15 ming AQSH dollari hisobidagi pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Musobaqani 5-o‘rinda yakunlagan Javohir Sindorov 10 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

“Futures” guruhida Shamsiddin Vohidovga teng keladigan raqib topilmadi.

Musobaqa chempioni Shamsiddin Vohidov 15 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jahongir Vohidov musobaqani 5-o‘rinda yakunladi hamda qatnashchilar uchun ajratilgan 2 ming AQSH dollariga ega chiqdi.

“Futures” guruhida O‘zbekistonning 4 shaxmatchisi qatnashdi. Musobaqada Saydaliyev Saidakbar hamda Suyarov Muhammadzohid bir xil — 5,5 ochko to‘pladi, Saidakbar qo‘shimcha koeffisientlar evaziga musobaqaning uchinchi o‘rnini egalladi va 3 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Ushbu guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Sivuk Vitali 7 ming AQSH dollariga, ikkinchi o‘rindagi Daneshvar Bardiya esa 5 ming AQSH dollariga ega chiqdi.

Shunday qilib Toshkentda tashkil etilgan eng yirik shaxmat turnirlaridan biri o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu bahslarda o‘zbek shaxmatchilari pul mukofoti bilan birga qimmatli reyting ochkolariga ega chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:43, 14.06.2024.
O'qildi: 2116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик