Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Liverpul" van Deyk bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishiga ishonmoqda

"Liverpul" van Deyk bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" o‘z sardori Virjil van Deyk bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishiga ishonmoqda.

Shu hafta Ispaniya matbuotida "An-Nasr" van Deyk vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, Virjilni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi himoyachisiga aylantirishga tayyor ekanliklarini bildirgani xabar qilingandi.

Van Deykning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoldi va niderlandiyalik futbolchi kelasi oy 33 yoshga to‘ladi.

Biroq, "Liverpul" van Deykning ketishidan xavotirda emas va qiziqish katta bo‘lgan yetakchisini sotishni rejalashtirmayapti. Saudiya Arabistoni varianti haqiqatan ham mavjud.

HITC nashri xabariga ko‘ra, "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi Arne Slot va "mersisaydliklar" klubidagi boshliqlar van Deykni "Enfild"da qolish muddatini uzaytirishga ko‘ndirishlariga ishonchlari komil. Virjil Yevro-2024dan qaytgach, muzokaralar stoliga taklif qilinadi.

Slot vatandoshi Van Deykning kelajak rejalarida muhim rol o‘ynashiga ishonadi.

Kiritildi: 14:44, 15.06.2024.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик