Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

OFK lisenziyalash natijalarini e’lon qildi: O‘zbekiston qit’ada yetakchi

OFK lisenziyalash natijalarini e’lon qildi: O‘zbekiston qit’ada yetakchi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi bugun navbatdagi lisenziyalash mavsumi natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, yaqindagina yakuniga yetgan lisenziyalash jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan klublar ro‘yxati taqdim etildi. 2023/24 lisenziyalash mavsumi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 19 ta klubi OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi va bu borada O‘zbekiston qit’ada eng yaxshi ko‘rsatgichni egalladi.

OFK Elit Chempionlar ligasi hamda OFK Chempionlar ligasi ikki musobaqalari talablari asosida o‘tkazilgan lisenziyalashdan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekiston klublari:
 
1. PAXTAKOR
2. NAVBAHOR LOCHINLARI
3. NASAF
4. OKMK
5. QIZILQUM
6. SO‘G‘DIYONA
7. BUNYODKOR
8. NEFTCHI
9. METALLURG
10. LOKOMOTIV
11. DINAMO PLYUS
12. ANDIJON
13. BUXORO
14. MASH’AL
15. SHO‘RTAN
16. OLIMPIK TOSHKENT
17. SURXON
18. QO‘QON-1912
19. XORAZM

Superliga hamda Pro liganing ishtirokchi klublari lisenziya talabgori sifatida OFK lisenziyalash reglamenti shartlari asosida 5 ta mezon bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishdi. Biz faxr bilan ta’kidlay olamizki, sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy hamda moliyaviy mezonlar bo‘yicha OFKning minimal talablarini O‘zbekistonning ikki yuqori divizioni vakillari bajara olishmoqda.

Hujjat topshirish jarayoni OFKning kuz-bahor tizimiga o‘tganini inobatga olgan holda noyabr oyidan start olib, martga qadar davom etmoqda. Moliyaviy me’zonning asosiy talabi – klubning mavjud shikoyat yoki arizalarni belgilangan muddatlar ichida hal etishidir. Bunda 31 dekabrgacha chiqqan shikoyatlar 31 martga qadar hal etilishi nazorat qilinadi. Bu borada klublarning mavjud moliyaviy muammolarini dedlaynlar ichida yopishi masalasi O‘FA va O‘zPFL tomonidan jiddiy nazorat qilinadi va O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ish olib boriladi. Mazkur sanalardan keyin chiqqan qarzdorliklar amaldagi lisenziyalash sikliga daxldor bo‘lmaydi va ular keyingi lisenziyalash mavsumiga qadar hal qilinadi. Bu qoidani futbol qonunchiligi bilan yetarli darajada tanish mutaxassislar juda yaxshi bilishadi.

Yangi tashkil etilayotgan qit’a klublar musobaqalari oldidan yurtimizning 19 ta klubi qit’a futbol uyushmasining elit turnirining minimal talablarini bemalol bajara oladigan holatga yetganidan behad mamnunmiz va mazkur muvaffaqiyatdan quvonayotgan barcha samimiy yurtdoshlarimizni tabriklaymiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:34, 15.06.2024.
O'qildi: 6995 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.