Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" yoki "Barselona": Frimpong keyingi klubini tanladi

"Real" yoki "Barselona": Frimpong keyingi klubini tanladi

Baho:
+ | -

"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong o‘zining navbatdagi klubini tanladi. TodoFichajes xabariga ko‘ra, 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘zining yaqinlariga "Real"ga o‘tish istagini aytgan.

Madridda Frimpong o‘ng qanotda Daniel Karvaxalning merosxo‘ri bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, Frimpong "Barselona"ning qiziqishidan xabardor, ammo u "Real" libosini kiyishni afzal ko‘radi.

Jeremi Frimpongning "Bayer" bilan amaldagi shartnomasida 40 million yevroga sotib olish imkoniyati mavjud. 2023/2024 yilgi mavsumda Frimpong 47 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va sheriklariga 12 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 16:33, 16.06.2024.
O'qildi: 10100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик