Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvida ishlagan hakamning bahslarga sabab bo‘lgan 5 ta vaziyatda noto‘g‘ri qaror qabul qilgani ma’lum qilindi (video)

"Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvida ishlagan hakamning bahslarga sabab bo‘lgan 5 ta vaziyatda noto‘g‘ri qaror qabul qilgani ma’lum qilindi (video)

Baho:
+ | -

"Qizilqum" - "Andijon" o‘yinidan so‘ng mehmonlar shikoyat yo‘llagan 5 vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi.

Joriy yilning 15 iyun sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 11-turi doirasida "Qizilqum" - "Andijon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng mehmonlar 5 vaziyat bo‘yicha hakamlik ustidan shikoyat yo‘llashgandi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi shikoyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va bahsli vaziyatlar tahlil qilindi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

"Qizilqum" - "Andijon". 1-vaziyat: Mezbonlar foydasiga jarima zarbasi

1-holat bo‘yicha uchrashuvning 2-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida to‘p uchun kurash kechgan. Bosh hakam Sardor Ismatullayev bu vaziyatda “Qizilqum” futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi, deb topgan va “Andijon” darvozasi tomoniga jarima zarbasi belgilagan.

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgandan so‘ng bu vaziyatda to‘p uchun o‘yin bo‘lganini, jarima zarbasi noto‘g‘ri belgilanganini, o‘yin davom ettirilishi kerakligi ta’kidlandi hamda hakamning qarori noto‘g‘ri, deb hisoblandi.

"Qizilqum" - "Andijon". 2-vaziyat: Mehmonlar vakiliga ko‘rsatilgan qizil kartochka

2-holat bo‘yicha uchrashuvning 24-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi “Qizilqum” futbolchisiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Sardor Ismatullayev “Andijon” futbolchisiga nisbatan qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgandan so‘ng harakat qizil kartochkaga tortmasligi, sariq kartochka ko‘rsatilishi kerakligi ta’kidlandi. Hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

"Qizilqum" - "Andijon". 3-vaziyat: Kartochka ko‘rsatilmagan jarima zarbasi

3-holat bo‘yicha uchrashuvning 43-daqiqasida “Qizilqum”ning 17-raqamli futbolchisi “Andijon”ning 8-raqamli futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam Sardor Ismatullayev bu vaziyatda jarima zarbasi belgilaydi, lekin kartochka ko‘rsatmaydi.

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgandan so‘ng bu holat xavfli vaziyat bo‘lgani uchun jarima zarbasi belgilangan, hakam kartochka ko‘rsatmay to‘g‘ri qilgan. Referining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

"Qizilqum" - "Andijon". 4-vaziyat: Belgilanmagan jarima zarbasi

4-holat bo‘yicha uchrashuvning 45-daqiqasida “Andijon”ning 77-raqamli futbolchisi raqib darvozasi tomon birga-bir chiqib ketayotgan vaziyatda “Qizilqum”ning 22-raqamli himoyachisi tomonidan qo‘pollik ishlatilgan holatda to‘xtatilgan. Bosh hakam Sardor Ismatullayev ushbu vaziyatda hech qanday jarima zarbasi belgilamagan va himoyachiga kartochka ko‘rsatmagan.

Ushbu vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgach, bu vaziyatda jarima zarbasi belgilanishi hamda sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak edi, degan xulosaga kelindi. Komissiya hakamning qarorini noto‘g‘ri, deb topdi.

"Qizilqum" - "Andijon". 5-vaziyat: 11 metrlik jarima zarbasi

5-holat bo‘yicha uchrashuvning 83-daqiqasida "Qizilqum"ning 22-raqamli futbolchisi andijonliklar jarima maydonida yiqilib tushdi. Bosh hakam Sardor Ismatullayev dastlab o‘yinni davom ettirdi, ammo sal o‘tib VAR hakami referini monitor yoniga chaqirdi. Sardor Ismatullayev VAR orqali vaziyatni o‘rgangach esa nuqtaga ishora qildi.

Ushbu vaziyatda hech qanday o‘yin qoidasi buzilishi mavjud emas va penalti uchun asos yo‘q. Komissiya tomonidan hakam qarori noto‘g‘ri, deb hisoblandi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Markaz shuni ma’lum qiladiki, har bir o‘yindagi hakamlar faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlar nazoratga olingan. “Qizilqum” - “Andijon” o‘yinidagi hakamlarning qarorlari o‘rganib chiqildi hamda tegishli jazo chorasini ko‘rish uchun hakamlar qo‘mitasiga oshirildi.

Manba: Telegram.me/uzfhm
Kiritildi: 19:13, 17.06.2024.
O'qildi: 3434 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.