Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Desham: "Mbappening ahvoli yomon"

Desham: "Mbappening ahvoli yomon"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Avstriya bilan 2024 yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi (1:0) vaqtida hujumchi Kilian Mbappening burni shikastlangani haqida gapirdi.

"U o‘zini yaxshi his qilmayapti, ahvoli yomon. U tibbiyot xodimlarining qo‘lida. Men sizga ko‘proq gapira olmayman. Uning burni shikastlangan, bu aniq. Bu biz uchun bu oqshomning salbiy tomoni. Qarorlar qabul qilinadi. Men uni massaj stolida yotganini ko‘rdim. U diqqat markazida, bu normal holat. Biz sizga barcha ma’lumotlarni imkon qadar tezroq taqdim etamiz", - deya Desham so‘zlarini keltiradi L'Equipe.

O‘yinning 86-daqiqasida avstriyalik himoyachi Kevin Danso bilan to‘qnashuvda Mbappening burni sindi. Shundan so‘ng forvard almashtirildi va keyinchalik kasalxonaga yotqizildi.

Kiritildi: 07:45, 18.06.2024.
O'qildi: 7623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик