Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Superliga. “Surxon” – “Metallurg”, prevyu

Superliga. “Surxon” – “Metallurg”, prevyu

Baho:
+ | -

Ushbu jamoalar kuchlilar safida bugungacha 24 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, ustunlik “Metallurg” jamoasi tomonida. Bekobodliklar 10 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 8 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 6 bahsda termizliklar zafar quchgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 25:20.

Termizda kechgan bahslarda esa vohaliklar ustunlikka ega. 12 ta o‘yinning 4 tasida “Surxon” g‘alaba qozongan, 6 ta bahsda durang natija qayd etilgan, 2 tasida bekobodliklar yutuqqa erishgan. To‘plar nisbati – 15:10, termizliklar foydasiga.

“Surxon”ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi – 4:0, “Metallurg”niki – 3:0. O‘tgan mavsum “Surxon” “Metallurg”ni uyda ham, safarda ham 1:0 hisobida yutgandi.

“Surxon” maydonida o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

20.05.2023  “Surxon” – “Metallurg” – 1:0
18.08.2022  “Surxon” – “Metallurg” – 1:2
11.03.2021  “Surxon” – “Metallurg” – 1:0
25.08.2020  “Surxon” – “Metallurg” – 1:2
10.03.2019  “Surxon” – “Metallurg” – 1:1

“Surxon” haqida

“Surxon” jamoasiga 1968 yilda asos solingan. Dastlabki yili “Chegarachi” nomi bilan qatnashgan klub keyingi to‘rtta mavsumda “Avtomobilist” nomini oldi. 1974 yilgi musobaqada “Spartak” nomida qatnashgan termizliklar keyin yana to‘qqiz mavsum – 1975-1983 yillar davomida “Avtomobilist” nomiga murojaat etishgan. 1984-1993 yillarda “Surxon”, 1994-1996 yillarda ASK, 1997-2008 yillarda “Surxon”, 2009-2010 yillarda “Dinamo-Hisor”, 2010-2011 yillarda “Termiz” nomlari ostida musobaqalarda ishtirok etib keldi. 2012 yildan jamoa yana o‘zining qadrdon nomi – “Surxon”ni tikladi va bugungi kunga qadar ushbu nom ostida o‘ynab kelmoqda.

Jamoa kuchlilar safida bugunga qadar roppa rosa 515 ta o‘yin o‘tkazdi. Janubliklar shulardan 151 tasida g‘alaba qozongan, 98 ta o‘yinda durang o‘ynagan, 266 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. To‘plar farqi – 587:929.

“Surxon”ning elitadagi eng yirik g‘alabasi – 8:0 (“Afrosiyob”, 1997 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:10 (“So‘g‘diyona”, 1992).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 20:01, 18.06.2024.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.