Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Montella: "Turkiyaning maqsadi pley-off bosqichiga chiqish"

Montella: "Turkiyaning maqsadi pley-off bosqichiga chiqish"

Baho:
+ | -

Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasining Yevro-2024 pley-off bosqichiga chiqish istagini ma’lum qildi.

Turklar bosh murabbiyi Gruziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:1) o‘z fikrlarini bildirdi.

"Biz darvoza tomon 22 ta zarba berdik. Qayerdadir ular ehtiyotkorlik bilan o‘ynashlari mumkin edi, lekin umuman olganda, menga ko‘rgan narsa yoqdi. VAR ikkinchi golni inobatga olmagach, biz biroz bo‘shashdik, ammo bular sodir bo‘ladi.

Gruziya jismoniy jihatdan kuchli, yaxshi tashkil etilgan jamoa. Bu jamoa o‘zining kuchli va zaif tomonlarini biladi va shunga yarasha o‘ynadi. Uning yakuniy bosqichga chiqqani bejiz emas edi.

Birinchi marta Yevrodagi ochilish o‘yinida g‘alaba qozondik. Oxirgi uchta Yevropa chempionatida biz guruh bosqichidan chiqa olmagandik, oxirgi marta birorta ham ochko ololmadik.

Birinchi maqsadimiz ushbu bahsda g‘alaba qozonish edi. Biz g‘alaba qozondik, endi keyingisida g‘alaba qozonib, pley-offga chiqmoqchimiz", — dedi Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

2-turda Turkiya 22 iyun kuni Portugaliya bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 10:24, 19.06.2024.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.