Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Jamshid Saidov: «Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bilan hech kim ochiq futbol o‘ynamaydi»

Jamshid Saidov: «Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bilan hech kim ochiq futbol o‘ynamaydi»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Qizilqum» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin haqida ortiqcha hech narsa demoqchi emasman. Yaxshi bellashuv bo‘ldi. Ha, himoyadan, qarshi hujumda o‘ynamoqchi edik. Menimcha, grandlar bilan shunday o‘ynash ham kerak aslida. Qo‘shimchasiga, omad bugun biz tomonda bo‘lganini ham ta’kidlash lozim. Umuman olganda, yigitlarga bugungi uchrashuv uchun tashakkur. Uzoq Navoiydan kelgan ishqibozlarga ham alohida rahmat aytaman.

Afsuski, Shulayaning jarohati haqida biror narsa ayta olmayman. Uni shifokorlar ko‘rib, 2-3 kun ichida jarohati qay darajada jiddiy ekanligi borasida xulosa berishadi. Akakining jarohati sababli bizning o‘yinga tanlagan taktikamiz o‘zgarib ketdi. Umid qilamanki, jarohati jiddiy bo‘lib chiqmaydi. Uni OKMK bilan bahsga tayyor bo‘lishidan umidimiz bor.

Mavsumni juda yaxshi boshlagan bo‘lsakda, keyin omad bizdan yuz o‘girgandek bo‘ldi. Albatta, jamoaga yangi qon kerak. Seleksiya ishlari olib boriladi. Menimcha, jamoa umuman olib qaraganda yomon ko‘rinmayapti.

Agar e’tibor berib qarasangiz, biz hujumkor futbol namoyish etamiz. Chempionatda g‘olibligi uchun harakat qilayotgan jamoa bilan hech kim ochiq futbol o‘ynamaydi. Ha bugun himoyalandik, ammo «Navbahor» tarkibiga qarang. Terma jamoaning yarim tarkibi shu yerda. Ularning aksariyat futbolchilari bir necha bor mamlakat chempionligiga erishgan. Aynan shu sababli, hech kim ular bilan ochiq futbol o‘ynamaydi. Aniqsa, o‘z uyida pressingga urg‘u beradi. Ilk daqiqalardanoq boshlangan bosim va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini ham hisobga olish lozim. Biz buni bilar edik va bunga tayyorlangan edik. Nima bo‘lganda ham bugun biz ochko ishladik va bu biz uchun muhim", — dedi Saidov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:35, 21.06.2024.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.