Jahon chempioni Tursunoy Jabborova ham Parij-2024 lisenziatlari qatorida.
Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilar taqsimotini qayta shakllantirdi.
Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Tursunoy Jabborova individual kvota sohibasiga aylanib, lisenziatlar qatoriga qo‘shildi. Hamyurtimiz bo‘lajak Olimpiadada +81 kg vazn toifasida ishtirok etadi.