Superliga 12-turida OKMK o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Dragan Cheran 14-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 34-daqiqada Arixiro Sentoku muvozanatni tikladi. Taym yakunida 45+4-daqiqada Muhammadrasul Abdumajidov yana "sherlar"ni hisobda oldinga o‘tib olishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Xurshid G‘iyosov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90-daqiqada Georgi Papava olmaliqliklarni o‘yinda ilk bor oldinga olib chiqdi. Irakliy Ruxadze esa 90+6-daqiqada tablodagi so‘nggi natijani o‘rnatgan golni urdi - 4:2.
OKMK 23 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. "Paxtakor" 16 ochko bilan 6-pog‘onada.