Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kelasi mavsumda yangi raqamda harakat qiladi.
"Madrid Xtra" xabariga ko‘ra, 21 yoshli fransiyalik futbolchi Nacho ketganidan so‘ng "qirollik klubi"da 6-raqamni oladi.
Eslatib o‘tamiz, "Transfermarkt" portalida 100 million yevroga baholanayotgan Kamavinganing amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha tuzilgan.