Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Artyom Petrosyan: «Kimga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik»

Artyom Petrosyan: «Kimga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Navbahor» (3:0) bellashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Artyom Petrosyan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— Birinchi navbatda Andijon xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz anchdan beri «Navbahor»ni bunday hisobda yutmagandi. Biz qanday jamoaga qarshi maydonga tushganimizni yaxshi bilib turgandik. «Navbahor» o‘z tarkibi bilan O‘zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Agar men adashmagan bo‘lsam, bu klubning kamida uch nafar futbolchisi milliy terma jamoa a’zosi hisoblanadi. Qanday vazifa bor edi? Himoyada yaxshi o‘ynash, hujumlarda samarali harakat qilish. «Navbahor»ning ikkita bo‘ydor himoyachilari bor edi va shularga qarshi ham munosib kurashishimiz kerak edi. Ko‘rdinglar, o‘yinimiz yaxshi chiqdi. «Navbahor» to‘pni nazorat qildi, ammo ularga deyarli vaziyat qoldirmadik. Biroq ba’zi joylarda o‘xshamay qolgan holatlar ham bo‘ldi. Raqib bilan tengma-teng kurashdik. O‘yin borasida raqibga imkoniyat bermadik.

-  Zaxira o‘rindig‘ida Xomyakovsiz o‘zingiz qiynalmadingizmi?

— Yo‘q, qiyinchilik bo‘lmadi. Murabbiy o‘yinga tayyorlaydi. Asosiy ishni esa futbolchilar maydonda bajarishadi. 18 ming ishqiboz orasida har xil hayqiriqlar bo‘ladi. Bunday pallada ularga aytadigan so‘zlar ham eshitilmaydi.

— «Andijon»da duranglar seriyasi davom etayotgandi. Jamoani bu o‘yinga tayyorlash qanday bo‘ldi? Hatto ko‘pchilik «Andijon»ning mag‘lubiyatga uchrashini ham o‘ylashgandi. Bunday issiqda o‘yinchilarni tayyorlash qiyin kechmadimi?

— Ha, biz buni o‘yindan avval bilgandik. Bir qator ekspertlarning fikrlarini o‘qigandik. Chunki ekspertlar ko‘payib qolgan. Hamma «Navbahor»ning imkoniyatlarini yuqori baholagandi. O‘yingacha yigitlar ham ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni o‘qishgan. Hammasi faqat o‘yingacha, undan so‘ng esa barchasi o‘zgarib ketdi. Hamma narsa maydonda hal bo‘ladi. Duranglar ko‘payganini barcha sezib turgandi va bugun yutishimizni barcha ich-ichidan xohladi. Shunga yarasha tayyorlandik. Futbolda ba’zida o‘xshaydi, ba’zida o‘xshamay qoladi. Futbolchilarga katta rahmat. Mehnatimiz o‘z samarasini berdi.

— «Navbahor»ni qanchalik darajada o‘rgangandinglar?

— Biz har bir raqibni o‘rganib chiqamiz. Boshqa klublar singari «Navbahor»ni ham to‘liq o‘rgandik. Kimga qarshi o‘ynayotganimizni his qilib, yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Aytyapmanku, terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilari bor. Bu esa ularni kuchli ekanligidan dalolat. Futbolchilarimizga esa bunday raqibga qarshi to‘p surish qo‘shimcha ishtiyoq berdi. Yana aytishim mumkinki, bunday uchrashuvlarda yigitlarning o‘zlarida avtomatik ravishda kuchli «nastroy» bo‘ladi. Futbolchilardan ajoyib o‘yin uchun minnatdormiz. Harakat qilishdi, gol urishdi. Qo‘lini pastga turishimadi, ikkinchi va uchinchi gollarni ham urdik, g‘alabani mustahkamlashdi.

— Superligada birinchi davra tugadi. Keyingi haftada «Andijon» Toshkentda Kubok doirasida «Olimpik» bilan o‘ynaydi. Jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi haqida ma’lumot bersangiz. Qo‘shimchasiga Kubokdagi vazifa qanchalik muhim?

— Savolingiz uchun rahmat. Ikki kun dam olib, keyin Kubok bahsiga tayyorgarlikni boshlaymiz. Kubokdagi maqsad? Qancha uzoqqa borsak shuncha yaxshi. Maydonga chiqib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Qolganini ko‘ramiz. Kubok uchrashuvidan keyin bir hafta dam olamiz. Keyin Toshkentda yig‘ilamiz. Uchta nazorat o‘yini rejamizda bor. Shundan so‘ng Andijonga qaytamiz va tayyorgarlikni davom ettiramiz.

— Ikkinchi davrada tarkibga yangi o‘yinchilar qo‘shiladimi?

— Rahbariyat gaplashyapti. Bizga bir-ikkita aniq transfer kerak. Ba’zi pozisiyalarni kuchaytirishga majburmiz. Muxlislarni xursand qilishda davom etishni istasak ayrim pozisiyalarni kuchaytirishimiz kerak.

— Xomyakov Rubin Xebayning o‘rnini 3 ta hujumchi bilan yopamiz degandi. Ochkolar yo‘qotilganida yoshlarga tajriba yetishmayotgani aytildi. Lekin oxirgi uchrashuvlarda yoshlar ham o‘yinini topib, gollar uryapti. Masalan, Rustam Turdimurodovni aytish mumkin. Hozirgi paytda hujumchi bo‘yicha masala o‘z kuchidami? Shuningdek, Rubin Xebay erkin agentga aylangani va uni yana «Andijon»ga qaytishi haqida gap-so‘zlar chiqdi.

— Har xil gaplar bo‘ladi. Yoshlar barqaror o‘ynamaydi. Barqaror o‘ynash uchun tajriba kerak. Tajriba har bir uchrashuvdan keyin oshib boradi. Mavsum boshida oldimizga aniq maqsad qo‘yilmagandi. Vazifa yoshlar bilan o‘ynab harakat qilish edi. Bu orqali ularning o‘sishi ko‘zda tutilgan. Hujumchi bo‘yicha hech nima ayta olmayman. O‘zingiz ko‘rdingiz, Rustamga imkoniyat berdik, u bundan foydalanyapti. Xebay bo‘yicha sizga hech qanaqa ma’lumot bera olmayman. Chunki hozircha faqat gap-co‘z. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 05:21, 27.06.2024.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.