Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Vitaliy Levchenko: «Gol urganimizdan so‘ng, futbolchilarimiz e’tiborsizlik qilmoqda»

Vitaliy Levchenko: «Gol urganimizdan so‘ng, futbolchilarimiz e’tiborsizlik qilmoqda»

Baho:
+ | -

Superliga 13-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Lokomotiv» (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun o‘yin epizodlarga bo‘lindi. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo foydalana olmadik. Yakunda, hech narsa o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi boshladik, ammo ustunlikni raqibga berib qo‘yganimiz sababli to‘p o‘tkazib yubordik. 3 ta futbolchimiz «Lokomotiv»ning yagona hujumchisiga qarshi hech narsa qila olmadi. Qo‘rqinchli narsa yo‘q. Harakatda davom etamiz va natijalarni yaxshilaymiz.

Futbolchilar o‘yinga qo‘shilib keta olmadi. Balki, bu juda ham issiq ob-havo bilan bog‘liqdir, bilmadim ammo bahona qilmoqchi emasman. Raqib ham xuddi shunday vaziyatda edi. Bu bizni xatoyimiz. Bellashuvlarni tahlil qilar ekanman, yo‘q joydan ochkolarni yo‘qotyapmiz. Gol urganimizdan so‘ng, futbolchilarimiz e’tiborsizlik qilmoqda.

"Paxtakor" tarkibida sifatli futbolchilar bor. Ularni akademiyasi yaxshi ishlamoqda. Raqibni o‘rganamiz va kuchli tomonlarimizni namoyish etamiz. Ularga qulay bo‘lgan futbolni o‘ynamasligi uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilamiz.

Men "Inter"ga muxlislik qilmayman. Italiya va O‘zbekistonda futbolchilarning darajasi farq qiladi. Ular biz kabi xatolarni qilmaydi. Afsuski, futbolchilar bosim ostida kontsentrasiyani yo‘qotmoqda. Agar to‘g‘ri o‘ynaganimizda, gol o‘ktazmasligimiz kerak edi. Bu ish "Surxon" bilan ham takrorlangan edi. Bu borada ishlashimiz kerak.

Keling, vaziyat qanday rivoj olishini tomosha qilaylik. Hozircha, O‘zbekistondagi futbolchilarga e’tibor qaratganimiz yaxshi. Xorijlik futbolchilarga bizni iqlimga moslashish qiyin bo‘lmoqda. Shu ustida ishlayapmiz. Aniq gap ayta olayman", — dedi Levchenko.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:04, 28.06.2024.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.