Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

"Yuventus" yarim himoyachisi London klubi e’tiborida

"Yuventus" yarim himoyachisi London klubi e’tiborida

Baho:
+ | -

“Yuventus”ning serbiyalik yarim himoyachisi Filip Kostich faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Football Italia xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, “burgutlar” bosh murabbiyi, Kostichni “Ayntraxt”dagi faoliyatidan tanigan Oliver Glasner futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Kostich 2022 yilning yozidan beri Turin klubiga tegishli. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi "Yuventus" safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga assistentlik qilgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va transfer narxi 6,5 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 07:52, 28.06.2024.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик