Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Jud – futboldagi Federer

Jud – futboldagi Federer

Baho:
+ | -

O‘tgan yilgi Golden Boy mukofoti sohibi, joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya La Ligasi va Superkubogi g‘olibi Jud Bellingem bu yil endi «Oltin to‘p»ga asosiy davogar bo‘lib turibdi.

Ha, 2022|2023 yilgi mavsumni «Borussiya Dortmund»da o‘ta muvaffaqiyatli o‘tkazgan 20 yoshli angliyalik noyob iqtidor «Real Madrid»dagi faoliyatini yanada yorqin o‘tkazdi: 42ta o‘yinda 23ta gol va 13ta assist. Ya’ni, Krishtianu Ronalduning 2009 yildagi debyutidan (33+10) ancha zo‘r! Mavsum davomida Judning nufuzi bir necha baravarga oshib ketdi - «Real» muxlislari o‘rtasidagi eng xaridorgir buyum - 5-raqamli futbolka. Buyuk Zidan «Santyago Bernabeu»da aynan shu raqam ostida to‘p surganida, shunday holat kuzatilgandi. Bellingem uchun sarflangan 103 mln. yevro «qirollik klubi» uchun uzoq yillik bebaho sarmoyaga aylandi. Chunki Jud nafaqat yashil maydonda, balki uning tashqarisida ham superyulduz maqomiga ega.

«Real» Yaqin Sharqda pul topmoqda, endi Bellingem bilan boshqa hududlarni zabt etadi

Futbol olamining nomdor klublari o‘z brendlari doirasini kengaytirish imkoniyatini zoye qilmaydilar. Mavsumoldi tayyorgarligini Osiyo yoki Amerika davlatlarida o‘tkazishlarining asosiy sababi ham shu. Anchadan beri yuksak natijalarga erisha olmayotgan «MYU» brendlar savdosida hammadan oldinda edi. Endi esa «Real» yaqqol yetakchiga aylandi.

«Real» aslida 2011 yildan beri Yaqin Sharq hududi bilan aloqada. Emirates aviakompaniyasi bilan imzolangan shartnoma hozir klubga yiliga 70 mln. yevro daromad keltirmoqda. Uning arab dunyosi bilan munosabatlari aniq va tushunarli. Boshqa hududlarga nisbatan klub zamonaviy reklama bo‘g‘inidan foydalanishi mumkin: «Shunday narsalar borki, ularni xarid qilishning iloji yo‘q. Qolgan barcha yumushlar uchun Bellingem bor!» Devid Bekxem va Garet Beylni xarid qilishda jamoa shu hikmatni qo‘llagandi. Biroq Jud bu ikki o‘tmishdoshiga nisbatan ancha yosh. Demak, bu ajoyib asbob ko‘magida «Real» uzoq vaqt mo‘may pul ishlashi mumkin.

Bellingem futbolkalarining bozori chaqqon

Ispan matbuotiningma’lumotlariga ko‘ra, Bellingemning futbolkalari jamoadoshi Vinisius Juniornikiga nisbatan 10 baravar ko‘proq sotilmoqda. Bunda «Real»ga 1998 yildan beri hamkorlik qilib kelayotgan «Adidas» firmasi yordam bermoqda. 2019 yilda imzolangan yangi kelishuvga binoan, 2028 yilga qadar klub 1,1 mlrd. yevroga ega bo‘ladi. Bu futbol olamidagi eng yirik kontrakt.

Bellingem transferidan 2 hafta avval «Adidas» «Real» bilan hamkorlikda qudratli marketing kampaniyasini tayyorladi: «Birmingemda ishlab chiqarilgan, 100 foiz REAL». Keyin futbolchi klubning Birmingemdagi yangi do‘koni ochilish marosimida qatnashdi va ishtirokchilarga o‘zining dastxati tushirilgan futbolkalarini sovg‘a qildi. Shu tariqa Jud uning Madridga yo‘l olishini qo‘llab-quvvatlagan muxlis va muxlisalariga minnatdorchilik bildirdi.

«Real» Bellingemga 20,8 mln. yevro yillik ish haqi belgiladi. Hozircha Jud Toni Kroos (24,3 mln.), David Alaba (22,5) va Luka Modrich (21,8)dan keyingi o‘rinda. Lekin tez orada u «qirollik klubi»ning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisiga aylanishi shubhasiz.

Judning transferi - Afrika uchun APL bilan raqobatda «Real» va La Liganing «kuziri»

Bellingem yoshu-qari, barcha muxlis va muxlisalar yoqimtoyi - bolalar uni yaxshi ko‘rishadi, o‘smirlar va yigitlar hurmat qiladilar. Boisi, 16 yoshgacha ota-onasining, keyin marketing va brending bo‘yicha malakali mutaxassislar nazorati ostida ulg‘aygan yigit faqat to‘g‘ri yo‘ldan yurdi va nafaqat futbol, balki tijorat ilmini ham mukammal o‘zlashtirdi. Jud qaysidir jihatdan buyuk tennischi Rojer Federerni eslatadi. Bolalik davrida asabiylashib, raketkasini uloqtirib yuboradigan shveysariyalik afsona keyinchalik odob-axloq bobida barchaga ibrat bo‘ladigan ideal inson bo‘lib yetishdi. Maestro taxallusi kamdan-kam sportchiga nasib etadi.

«Rojer o‘zining buyukligini chuqur his etdi va uning asosida muruvvatli insonga xos tijorat mashinasini yaratdi. Bellingem aynan shu tennischi uslubida harakat qilmoqda. Jud - futboldagi Federer», - deya tasdiqladi sport marketingi agentligining ijrochi direktori Garet Balch.

Faoliyatining dastlabki bosqichida ekanligini to‘g‘ri anglagan yarim himoyachi daromadlarni taqsimlash borasida «Real» bilan 50|50 ko‘rinishidagi kelishuvni imzolab, o‘ta aqlli ish tutdi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Kilian Mbappe va Krishtianu Ronaldudek yulduzlar muzokaralar chog‘ida o‘z imijlari evaziga keladigan mablag‘ni to‘liq berilishini talab qilishgandi.

O‘zining adolatli qarori bilan Jud klub mutasaddilari va muxlislariga yulg‘ich emasligini, uzoq muddatli samimiy hamkorlikni o‘tkinchi manfaatdan ustun qo‘yishini isbotladi. Buning ilk mevalariga futbolchi o‘sha kunlardayoq guvoh bo‘ldi: uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 2 baravarga ko‘paydi.

E’tiborli jihati shundaki, o‘zining sermahsul o‘yini bilan Jud inglizzabon muxlislardan tashqari, afrikalik ishqibozlar mehrini ham qozona boshladi. Onasi Denisning ajdodlari Keniya fuqarolari bo‘lganliklari sababli, Jud «Birmingem»dagi ilk maoshini olganidan beri Mombasadagi boshlang‘ich maktablardan biriga moliyaviy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Afrikada La Liganing salmog‘i talab darajasida emasligini (u yerda APL hukmron) inobatga olsak, «Real», umuman, ispan futboli qudratli «kuzir»ga ega bo‘ldi.

Bellingem transferi bilan «Real» nishonga aniq urganligining yana bir muhim jihati - ayni quvvatga to‘lgan (28-29 yoshdagi) superyulduzlarning tanqisligi. Aynan shu bois klublar Bellingem va Xoland kabi noyob iqtidorlar uchun kurashadilar. Bu yigitlarning tijorat bobidagi salohiyati ham cheksiz. Shunday ekan, «Real»ning yangi yulduzi ish haqi borasida ham Messi va Ronaldular darajasiga ko‘tarilsa ajablanmaymiz.

A.AHMEDOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:37, 29.06.2024.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.