Transfermarkt portali Superligada o‘ynayotgan eng qimmatbaho o‘yinchilari ro‘yxatini yangiladi.
“Navbahor” va O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovning transfer bahosi 1,2 million yevroga yetgan va u Superliganing eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi.
Keyingi o‘rinlarni “Nasaf” futbolchilari — Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy hamda “OKMK” futbolchisi Xurshid G‘iyosov egallab turibdi. Kuchli beshlikni Abduvohid Ne’matov egallab turibdi, “Nasaf” futbolchisi 900 ming yevroga baholangan.
Hojiakbar Alijonovning transfer bahosi yuz ming yevroga kamaygan holda 6-o‘rinni, 400 ming yevroga qimmatlagan “So‘g‘diyona” hujumchisi Lyupche 7-o‘rinni egallab turibdi.
Jasur Jaloliddinov, Dostonbek Hamdamov, Jamshid Iskanderov kabi futbolchilar 850 ming yevro narx bilan o‘nlikdan joy olgan.
Shu o‘rinda portal joriy mavsumining narxi eng ko‘p pasaygan o‘yinchilar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Paxtakor” yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jayevning transfer bahosi 200 ming yevroga pasaygan. Bu borada futbolchi yetakchilikni saqlab turibdi. Shuningdek, jarohat sababli uzoq vaqt o‘ynay olmagan “Surxon” hujumchisi Silvanus Nimelining ham bahosi 200 ming yevroga pasayib, 600 ming yevroni tashkil etmoqda.
“Neftchi” futbolchilari – Norxonov, Turopov, Jumaboyev va Romanning transfer bahosi 150 ming va 125 ming yevroga pasaygan.
Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Oybek Bozorov (“Nasaf”) va Ibrohim Yo‘ldoshev (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”) singari o‘yinchilarning ham transfer bahosi 100 ming yevroga arzonlagan.
O‘zbekiston Superligasida ishonchli harakat qilayotgan futbolchilarning narxida sezilarli ko‘tarish ham kuzatilgan. Transfermarkt portali ushbu mavsumda narxi eng ko‘p oshgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi hujumchisi Lyupche Doriyevning bahosi 400 ming yevroga oshgan. Hozirda uning transfer bahosi 900 ming yevroga yetgan. Shimoliy Makedoniyalik hujumchi ayni vaqtda Superliganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
“Andijon” yarimhimoyachisi Bektemir Abdumannonov ikkinchi o‘rindan joy olgan. Assistlar soni bo‘yicha Superligada birinchi o‘rinda borayotgan futbolchining transfer bahosi 250 ming yevroga oshgan. Hozirda uning transfer bahosi 500 ming yevroni tashkil etadi.
Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Islom Qobilov (“So‘g‘diyona”) kabi futbolchilarning transfer bahosi 200 ming yevrodan oshdi. Islom Mamatkazin (“Andijon”), Aziz To‘lqinbekov “(Bunyodkor”), Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”) singari o‘yinchilarning transfer narxiga 175 ming yevrodan qo‘shilgan.
“Neftchi” hamda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi Jasur Jaloliddinov va “Dinamo” yarim himoyachisi Ratinoning transfer bahosi 150 ming yevroga oshgan.