Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Prevyu. “Nasaf” – “Navbahor”

Prevyu. “Nasaf” – “Navbahor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan bahsni jamoamiz Qarshida “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur jamoalar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 54 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 23 tasida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 14 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan,  17 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 80-67, “Nasaf” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 86 ochkoni,  “Navbahor” esa 59 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi Namangan va Qarshida qayd etilgan.

“Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari bungacha Qarshida 27 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 18 tasida qarshiliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 5 ta o‘yinda esa namanganliklar g‘alaba qozonishgan.

Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “ajdarlar” “Navbahor” darvozasini 54 marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, “lochinlar” “Nasaf” darvozasiga  24 ta to‘p kiritishgan.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” so‘nggi 6 yildan buyon Qarshidan ochko bilan qaytmoqda. 2018, 2020 va 2023 yillarda “lochinlar” durangga erishgan bo‘lishsa (1:1, 2:2, 0:0), 2019, 2021 hamda 2022 yillarda jamoamiz Qarshidan  1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi 30 iyun kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:31, 29.06.2024.
O'qildi: 2435 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.