Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya terma jamoasining Yevro-2024 1/8 finalida Slovakiya termasiga (2:1) qarshi o‘yinidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Angliya terma jamoasi juda sekin o‘ynadi. O‘yinchilar birlashish uchun juda uzoqda. Yakunda ular taktika tufayli emas, individual tajriba hisobiga g‘alaba qozonishdi", - dedi Venger beIN Sports bilan suhbatda.
Yevro-2024 chorak finalida Angliya terma jamoasi Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 6 iyul kuni, soat 21:00da boshlanadi.