Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Nodirbek Abdusattorov qatnashishi kutilayotgan 4 mln dollarlik musobaqa o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov qatnashishi kutilayotgan 4 mln dollarlik musobaqa o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Germaniyalik tadbirkor Vadim Rozenshteyn tomonidan tashkillashtirilayotgan, mukofot jamg‘armasi 4 millionni tashkil etgan WR Chess Masters High Roller musobaqasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etish niyatini bildirgan.

“Afsuski, kutilgan WR Chess Masters High roller tadbiri o‘tkazilmaydi. To‘rtta shaxmatchi bilan shartnomalar tuzilgan edi, lekin bu safar amalga oshmadi. Shaxmat ishqibozi sifatida bu tadbirni intiqlik bilan kutgan edim.

Biz bu tadbirni haqiqatan ham o‘ziga xos va ajoyib tashkil qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik.

Tashkilotchilikdagi ajoyib mehnati uchun jamoamga, bizni qo‘llab-quvvatlagan sheriklarimiz va homiylarimizga, jonli translyasiya qilishga tayyor bo‘lgan Sagarga va Hyatt mehmonxonasiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman”, — deydi Vadim Rozenshteyn.

Tadbirkor turnirda qatnashishga rozi bo‘lgan barcha shaxmatchilarga minnatdorchilik bildirgan.

“Umid qilamizki, bizning g‘oyamiz kelajakda boshqa tashkilotchilarga shunday turnirlarni o‘tkazishda yordam beradi”, — deydi Rozenshteyn.

Musobaqada qatnashish badali 1 mln dollarni tashkil etgan edi. Ya’ni har 4 ishtirokchi musobaqada qatnashish uchun tashkilotga shuncha summani o‘tkazib beradi.

Turnirda birinchi o‘rinni olgan shaxmatchi 2 mln dollarga ega chiqishi belgilangan edi. Ikkinchi o‘rin sohibi 1,5 mln dollarni, uchinchi o‘rinni egallagan shaxmatchi esa 400 ming AQSH dollariga ega chiqadi.

Turnirda qatnashishga Nodirbek Abdusattorovdan tashqari Yan Nepomnyashi, Fabiano Karauna hamda amerikalik shaxmatchi Hans Niman rozilik bildirgan edi.

27 iyun kuni Hans Niman turnirda ishtirok etmasligini bildirgan.

“Shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli 4 million dollarlik turnirda qatnashishdan bosh tortdim va tadbir bekor qilinsa kerak deb o‘ylayman. Kerakli mablag‘ni hozirlab qo‘yib, tayyorgarlikni boshlab yuborganimni hisobga olsak, bu juda achinarli. Ba’zida ishlar siz xohlagandek bo‘lmaydi. Shunga qaramay, yil davomida bir qator noyob o‘yinlarda ishtirok etish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman”, — deb yozdi Niemann ijtimoiy tarmoqlarda.

Ma’lumot uchun, musobaqa 21 noyabr kuni Dyusseldorfdagi (Germaniya) Hyatt mehmonxonasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:49, 01.07.2024.
O'qildi: 1063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик