30 yoshli Ross Barkli rasman Birmingemning “Aston Villa” klubiga qaytdi. Jamoa matbuot xizmati futbolchi bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Shartnoma muddati hozircha oshkor etilmagan. Barkli o‘tgan mavsumni "Luton" klubida o‘tkazdi. 2020-2021 yillarda Ross "Aston Villa"da o‘ynagan, o‘shanda Birmingem jamoasi futbolchini "Chelsi"dan ijaraga olgandi.
O‘tgan mavsumda Barkli "Luton Taun" safida barcha rasmiy musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda u oltita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.