Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kuman: "Ruminiyadan nihoyatda tajovuzkor o‘yin kutaman"

Kuman: "Ruminiyadan nihoyatda tajovuzkor o‘yin kutaman"

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Yevro-2024 1/8 finalida Ruminiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz faxrli xalqmiz. Biz g‘alaba qozonishni va yaxshi futbol o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. Bilamizki, bu har doim ham natija beravermaydi, lekin biz Ruminiyani juda jiddiy qabul qilamiz. Biz ulardan nima kutish kerakligini va oxirgi o‘yinga nisbatan nimani yaxshilashimiz kerakligini bilamiz.

Biz jamoani yanada barqaror qilish, ochiq maydonlarni qoldirmaslik va yaxshiroq pressing qilishga e’tibor qaratdik. Avstriyaga qarshi o‘yinda salmoqli o‘ynadik. Bu ularga ishonch bag‘ishladi, ammo bizda buning aksi bo‘ldi.

Ruminiyadan nihoyatda tajovuzkor o‘yin kutaman. Ular himoyada jismonan kuchli va belgilangan to‘plarda xavfli", - dedi Kuman UYEFA rasmiy saytiga.

Ruminiya - Niderlandiya uchrashuvi 2 iyul kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Kiritildi: 21:57, 01.07.2024.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик