Portugaliya va Sloveniya terma jamoalari penaltilar seriyasida bor-yo‘g‘i 6 marta zarba berishdi.
Roberto Martines boshchiligidagi jamoa Yevro-2024 1/8 finalida Sloveniya termasini (0:0, penaltilar bo‘yicha 3:0) mag‘lub etdi.
Shu tariqa, penaltilar seriyasida har ikki jamoa futbolchilari bor-yo‘g‘i oltita zarbani amalga oshirishdi: portugallar 3 ta gol urdi, slovenlar 3 ta urinishini golga aylantira olishmadi.
Yevropa chempionatlari tarixida birinchi marta penaltilar seriyasi atigi oltita zarba bilan yakunlandi.