Yulduzli vinger Anxel Di Mariya hozir bor e’tiborini Argentina terma jamoasida Amerika Kubogida o‘ynashga qaratgan. 36 yoshli futbolchi klub miqyosida kelajagini qit’a futbol forumidan so‘ng hal qiladi. Di Mariya allaqachon erkin agentga aylangan – uning “Benfika” bilan shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qilgan.
Todofichajes portalining xabar berishicha, Di Mariyaga ikkita taklif bor - vatani Argentinadan "Rosario" va Turkiyaning "Beshiktosh" klubi. Manbaning qayd etishicha, Anxel katta ehtimol bilan Turkiyada o‘ynaydi. Argentinalik futbolchi “Beshiktosh” bilan 3,3 million yevro maosh bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkin.