Turinning "Yuventus" klubi kecha erkin agentga aylangan yarim himoyachi Adriyen Rabioga yangi shartnoma bo‘yicha yakuniy taklif bilan chiqdi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis yakuniy qarorni Yevro-2024'dan keyin qabul qiladi. Endi Rabio yangi shartnomadan voz kechishi ehtimoli yuqori.
"Yuventus" yiliga 7 million yevro atrofidagi maoshni klub hozirda taklif qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi maosh deb hisoblamoqda.
Oldinroq Adriyen xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. 29 yoshli futbolchiga Angliya Premyer-ligasi klublaridan ham talab bor.