Turkiya terma jamoasi himoyachi Merih Demiralning ikkita goli evaziga Yevropa chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. Natijada u 21-asrda Yevropa yoki jahon chempionatining pley-off bosqichida ikkita gol urgan birinchi himoyachiga aylandi.
Buni uddalagan oxirgi himoyachi 1998 yilda Lilian Tyuram bo‘lgan, u Jahon chempionatining yarim finalida Xorvatiya terma jamoasi darvozasiga ikkita gol urgan. O‘shanda Fransiya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta jahon chempioni bo‘lgandi.