Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Navbahor", "Neftchi" va "Surxon" klublariga yozgi transfer oynasi uchun sanksiya qo‘llanildi

"Navbahor", "Neftchi" va "Surxon" klublariga yozgi transfer oynasi uchun sanksiya qo‘llanildi

Baho:
+ | -

Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun mazkur uch klub 2024 yilning yozgi transfer oynasida xorijlik futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Taqiq qarzdorlik bartaraf etilgan taqdirda ham amalda bo‘ladi.

Joriy yilning 16 iyul sanasiga qadar Liga bu uch klubning yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Mazkur sanaga qadar ham qo‘mita qarorlari ijrosi bajarilmasa, 16 iyul sanasidan so‘ng ular faqatgina 2002 va undan keyin tug‘ilgan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun ruxsat beriladi. Bunda klublar “Superliga va Proliga reglamenti”da belgilangan limitdan chiqib ketmasligi ta’minlanadi.

Agar transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lgan 30 iyul sanasiga qadar ham mavjud qarzdorlik bartaraf etilmasa, u holda avtomatik ravishda 2025 yilning qishki transfer oynasida legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqiq kuchga kiradi. Shundan so‘ng mazkur klublardan 6 ochkogacha olib tashlash masalasi kun tartibiga kiritiladi.

Kiritildi: 17:14, 03.07.2024.
O'qildi: 2911 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик