Londonning «Fulxem» klubi yarim himoyachisi Joau Palinya faoliyatini Myunxenning «Bavariya»sida davom ettiradi, deya xabar berdi insayder Fabrisio Romano.
Qayd etilishicha, tomonlar 50 million yevro + 5 million yevro bonus puli evaziga kelishuvga erishgan.
Palinya "qizil mashina" bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Rasmiy e’lon shu hafta oxirigacha bo‘lishi kutilmoqda.