Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Grinvudning "Manchester Yunayted"dan A Seriya klubiga o‘tishi mumkin bo‘lgan shartlar ma’lum bo‘ldi

Grinvudning "Manchester Yunayted"dan A Seriya klubiga o‘tishi mumkin bo‘lgan shartlar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Lasio" "Manchester Yunayted" bilan hujumchi Meyson Grinvud borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Angliyalik futbolchi faoliyatini Rimda davom ettirishga tayyor, biroq "Lasio" "Manchester Yunayted" bilan transfer borasida hali kelisha olmayapti. Jurnalist Alfredo Pedullaning so‘zlariga ko‘ra, italyan klubi Grinvud uchun taxminan 22 million funt sterling (26 million yevro) taklif qiladi, shuningdek, shartnomada "qizil iblislar"ga kelajakdagi taxminiy sotuv summasining 40-50 foizini berish imkonini beruvchi bandni ham kiritadi. "Burgutlar" rahbariyati bunday shartlar mankunianliklarni qanoatlantirishi kerak, deb hisoblamoqda.

O‘tgan mavsumda Meyson Grinvud "Xetafe"da ijara asosida o‘ynadi. Avvalroq "Manchester Yunayted" futbolchi uchun 35 million yevrodan ko‘proq so‘ragani xabar qilingandi.

Kiritildi: 08:57, 04.07.2024.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик