Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Abbosbek Fayzullayev qachondan Olimpiya jamoasi safiga qo‘shiladi?

Abbosbek Fayzullayev qachondan Olimpiya jamoasi safiga qo‘shiladi?

Baho:
+ | -

“SSKA” yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 11 iyul kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘iniga jo‘nab ketadi. Bu haqda u jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Biz kelishib oldik, 11 iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi joylashgan joyga uchib boraman, bizning maqsadimiz – medallar bilan qaytish. Biz uzoq gaplashmadik, bu hayotda bir marta sodir bo‘lishi mumkinligini bosh murabbiy juda yaxshi tushundi. Imkoniyat uchun klubdan minnatdorman”, — deydi Fayzullayev.

O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘l olib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

Futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari 24 iyuldan 9 avgustga qadar Fransiyaning yetti shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi.

Kecha, 4 iyun kuni Moskvaning “SSKA” jamoasi Serbiyaning “OFK” klubiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 35-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Yakunda “SSKA” yirik (4:1) hisobda g‘alaba qozondi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:02, 05.07.2024.
O'qildi: 2876 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик