Fransiya terma jamoasining sobiq markaziy himoyachisi Uilyam Gallas bugun, 5-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 chorak finalida Portugaliyaga qarshi o‘yindan oldingi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Umid qilamanki, Mbappe o‘z kumiriga gol uradi va Ronalduga endi u yaxshiroq futbolchi ekanligini ko‘rsatadi. Ishonchim komilki, u bu o‘yinda gol urishiga ishonaman.
Portugaliyaga qarab, Fransiya barcha pozisiyalarda kuchliroq, Ronaldu esa qiynalmoqda deb o‘ylayman.
Gol ura olmagani uchun yelkasida katta bosim bor edi. U juda asabiy va hissiyotli ko‘rinadi. Agar futbolchilarni solishtirsak, Fransiya terma jamoasi Portugaliyadan ancha kuchli. O‘yin keskin bo‘lishi mumkin, ammo biz yarim finalga chiqamiz", - dedi Gallas.